Yuklanmoqda
Ekran o'lchami:
Matn o‘lchami:






“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”: oshpazlik bellashuvlari va yosh hamshiralar tanlovi qizg‘in kechdi
🔷“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi doirasida Dang‘ara tumani 3-son texnikumida oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.
🔷Tanlovda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida turli milliy va zamonaviy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan taomlarning ta’mi, bezatilishi, tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi kabi mezonlar asosida baholash ishlari olib borildi.
🔷Shuningdek, Bog‘ish MFY hududida joylashgan 26-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tanlovda yosh tibbiyot xodimlari o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda bemorlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini namoyon etdilar.
🔷Bellashuvlar davomida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, hamshiralik parvarishi, tibbiy hujjatlarni yuritish va kasbiy etika meyorlariga rioya qilish bo‘yicha bilim va mahoratlar sinovdan o‘tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Zamonaviy IT loyihalarda samarali jamoa va barqaror arxitektura

5-may "Kasblar va mehnat" kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

3-son texnikumda yoshlarning “startap” loyihalari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safıda muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo’yicha navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi ta`minlanmoqda

Ingliz tili fanidan “Comparing education systems in England and Uzbekistan.Comparative adjectives”mavzusida ochiq darsidan lavhalar

Dang‘ara tuman 3-son texnikumi direktori, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari 2026-yil 25-may kuni hududdagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etildi