Yuklanmoqda
Ekran o'lchami:
Matn o‘lchami:
Asosiy
Yangiliklar

Har qanday IT loyiha mustahkam arxitektura va aniq jarayonlarga tayanadi. Dastlab talablarni to‘g‘ri tahlil qilish, keyin esa modullarga bo‘lingan dizayn tanlash muhim. Jamoa ichida ochiq muloqot, kod-review va testlash madaniyati rivojlanishni tezlashtiradi. Har bir vazifa kichik va o‘lchab bo‘ladigan bosqichlarga ajratilsa, natija barqaror bo‘ladi. Monitoring, loglash va hujjatlashtirish esa loyihani uzoq muddat qo‘llab-quvvatlashni osonlashtiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 23 oktabrdagi "Kasbiy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora tadbirlari to'gorisida" PQ-316-son qarori hamda Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Farg'ona viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim tashkilotlariga o'quvchilarning kasbga yo'naltirish ishlarini tashkil etish yuzasidan chiqarilgan qo'shma buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida 05.05.2026 yil kuni Dang'ara tuman 3-son texnikumida 5-may "Kasblar va mehnat" kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayramga Dang'ara tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi raxbari A. Eshmatov, Dang'ara Axborot kutubxona markazi raxbari S. Ernazarova, 9223-Xarbiy qism o'rinbosari O.Xolbekov va texnikum hududida joylashgan 8 ta umumta'lim maktablari o'qituvchi va o'quvchilari, texnikum pedagog jamoasi va o'quvchilari qatnashishdi.

Dang‘ara tumani Bog‘ish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 3-son texnikumda yoshlarning “startap” loyihalari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. 🔷 Unda tuman hokimi boshchiligida tuman rahbarlari ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan innovatsion va amaliy ahamiyatga ega loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. 🔷Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari o‘z g‘oya va ishlanmalari asosida tayyorlagan loyihalarini taqdim etib, ularning mazmun-mohiyati, iqtisodiy samaradorligi va kelgusida amalga oshirish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar. 🔷 Loyihalar orasida axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalariga oid innovatsion yechimlar alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. 🔷Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslari, yangi g‘oyalari va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari keng muhokama qilindi. Tuman hokimi o‘z so‘zida yoshlarning izlanishlari, intilishi va tashabbuskorligi yuksak baholanishi lozimligini ta’kidlab, bunday loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhim ekanini qayd etdi. 🔷Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan mutasaddilar tomonidan yoshlarga o‘z loyihalarini yanada takomillashtirish, bozor talablariga moslashtirish hamda amaliy jihatdan hayotga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari safıda muddatli harbiy xizmatni o‘tash nufuzi va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2026-yil 7-apreldagi PQ-134-son Qaroriga muvofıq 9223-harbiy qism safıda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish maqsadida tuman xokimi chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi E. Mamadiyev va texnikum Oquv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Qambarovlar harbiy qismga tashrif buyurildi. Harbiy qismdagi askarlarga PQ-134 son qarorni mazmun mohiyati tushintirilib “KIBERXAVFSIZLIK(KIBER-TEXNIK)” va ELЕKTROMONTYOR yo‘nalishlarida kasbga o‘qitishni 1-maydan boshlanishini kelishib olindi.

Dang’ara tumani 3-son texnikumi Umumta’lim fanlar kafedrasi Xorijiy til o’qituvchisi Mardonova Mumtozbegimning 28.04.2026 kuni 2-juftlikda 05/25 Avtomobillarga txk yo’nalishi talabalariga Ingliz tili fanidan “Comparing education systems in England and Uzbekistan.Comparative adjectives”mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Darsda turli xil o’qitish metodlaridan,jumladan , Vienn diagrammasi, W.I.W (words in water) Suv ichida so’zlar , va boshqalardan foydalanildi.Dars tahlilchi o’qituvchilar tomonidan namunali deb topildi.

Dang‘ara tuman 3-son texnikumi direktori, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari 2026-yil 25-may kuni hududdagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etib, o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularning kelajakdagi kasb tanlovi, zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar hamda texnikumda yaratilgan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib òtdilar. Shuningdek, o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, amaliy va nazariy ta’lim jarayonlari, ishlab chiqarish amaliyotlari hamda yoshlarning kasb egallashi uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Targ‘ibot ishlari davomida yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelajakda jamiyatga manfaatli kadr bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”: oshpazlik bellashuvlari va yosh hamshiralar tanlovi qizg‘in kechdi 🔷“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi doirasida Dang‘ara tumani 3-son texnikumida oshpazlik yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. 🔷Tanlovda ishtirokchilar belgilangan vaqt davomida turli milliy va zamonaviy taomlarni tayyorlash bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan taomlarning ta’mi, bezatilishi, tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi kabi mezonlar asosida baholash ishlari olib borildi. 🔷Shuningdek, Bog‘ish MFY hududida joylashgan 26-oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan tanlovda yosh tibbiyot xodimlari o‘zlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda bemorlarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini namoyon etdilar. 🔷Bellashuvlar davomida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, hamshiralik parvarishi, tibbiy hujjatlarni yuritish va kasbiy etika meyorlariga rioya qilish bo‘yicha bilim va mahoratlar sinovdan o‘tkazildi.